“Tamerlano” operasining xorijdagi premyerasiga sanoqli kunlar qoldi. 10–11-yanvar kunlari asar ilk bor xalqaro tomoshabinlar e’tiboriga Dubai Opera sahnasida havola etiladi.

Rejissyor Stefano Poda sahnalashtirgan mazkur asar musiqa, drama va vizual san’atni uyg‘unlashtirib, muhabbat, hokimiyat va taqdir mavzularini teran badiiy talqinda ochib beradi. Kirill Rixterning zamonaviy interpretatsiyasida Gendelning klassik partituralari yangicha ohang kasb etar ekan, o‘ziga xos badiiy chuqurligini saqlab qoladi. Musiqani Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri, Xalq cholg‘ulari orkestri hamda O‘zbekiston Davlat xori ijro etadi.

🎟 Chiptalar Dubai Opera rasmiy veb-saytida  (https://www.dubaiopera.com/en-US/product-details?ID=a2cc8d85-5498-f011-b41c-6045bd693da5)mavjud.