Versal Qirollik operasida “Tamerlano”ning konsert ijrosi loyihaning xalqaro ijodiy yo‘lini davom ettirib, dunyoning yetakchi yakkaxon xonandalari va O‘zbekiston musiqachilarini Yevropaning eng nufuzli tarixiy sahnalaridan birida jamladi.

Asosiy pardalarni Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri va O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xor jamoasi jo‘rligida Jenisbek Piyazov, Xuan Sancho va Veronika Kanhemi ijro etdilar.

Kirill Rihter tomonidan ishlab chiqilgan loyihaning musiqiy g‘oyasi asarning barokko asosini asl partituraga bo‘lgan ehtiromini saqlab qolgan holda zamonaviy musiqiy til bilan uyg‘unlashtirdi.