30-sentabrdan 4-oktabrgacha Toshkentda yana “San’at dunyosi” nomli Rossiya san’ati festivali bo‘lib o‘tadi.
Besh kun davomida poytaxt aholisi va mehmonlarini musiqa, teatr, kino, xoreografiya va tasviriy san’atni birlashtirgan mazmunga boy dastur kutmoqda.
Festival dasturidan Zurab Tsereteli asarlari ko‘rgazmasi, Rossiyaning yetakchi teatrlari solistlari ishtirokidagi opera gala-konserti, Stanislav Govoruxin tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan Kino kuni, “Kun suzi” xakas raqs ansambli konserti hamda A.Y.Vaganova nomidagi Rus balet akademiyasi ijrochilarining chiqishlari o‘rin olgan.
“San’at dunyosi” turli avlodlar, badiiy an’analar va zamonaviy madaniy amaliyotlarni birlashtiruvchi ijodiy muloqot makoniga aylanadi.
Festivalning to‘liq dasturi tez orada e’lon qilinadi.