25-avgust kuni Pekinda Buyuk Xitoy devorining Juyongguan etagida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etiladigan “The Great Wall” simfonik konserti bo‘lib o‘tadi. Sahnada dunyoga mashhur mohir pianino sozandasi Lang Lang va Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri chiqish qiladi.

Kecha dasturida o‘zbek bastakorlari va jahon mumtoz musiqasi asarlari jamlangan. Unda Anor Nazarovning “Taronalar bazmi” va Suleyman Yudakovning “Xorazmcha bayramona yurish”i hamda Fortepiano uchun 2-sonli konsert yangraydi.

Chiptalar tez kunlarda sotuvga chiqariladi.