27-oktabr kuni Tashkent City Mall’da O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan Toshkent dizayn haftaligi ikkinchi mavsumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston zamonaviy meʼmorchiligi, dizayni va shaharsozligi sohasidagi manfaatdor tomonlar va vakillarni jamlaydi.
ʻʻTashkent Design Weekʼʼ haftaligini Jamg‘arma raisi Gayane Umerova ochar ekan, milliy madaniy meros bilan zamonaviy dizayn va me’morchilik o‘rtasidagi bog‘liqlikni saqlab qolish muhimligini ta’kidladi. Haftalik mehmonlariga Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Azizxon Shovkatov ham murojaat qildi.
Toshkent dizayn haftaligining jamoatchilik dasturidan qator chiqishlar, shoʻba munozaralari, mahorat darslari hamda dizayn sayrlari oʻrin olgan.