5-oktabr kuni O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisining birinchi o‘rinbosari Azizbek Mannopov Iordaniyada ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator uchrashuvlarni o‘tkazdi.

Iordaniya Madaniyat vazirligi bosh kotibi Nidal Ol-Ahmad bilan uchrashuvda tomonlar madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, professional almashinuvlarni rivojlantirish hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Iordaniya muzeyi rahbariyati bilan uchrashuv doirasida O‘zbekiston va Iordaniya muzey muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik, qo‘shma ko‘rgazma loyihalarini o‘tkazish imkoniyatlari, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish, shuningdek, madaniy merosni asrab-avaylash va ommalashtirish masalalari muhokama qilindi.