31-avgust kuni Venetsiyada “Qayiqdagi kino – Bepoyon mavjlar 2026” dasturi doirasida rejissyor Manuel Korrea va me’mor Marina Otero Verziyerning “Suv to‘xtagan joyda” filmi namoyish etildi. Film Qoraqalpog‘iston va Orol dengizi bo‘yidagi hayotni eslaydigan so‘nggi avlodlardan biriga murojaat etib, odamlar qanday xotiralar va tajribalarni saqlab qolishlari va kelajak avlodlarga yetkazishga intilayotganini o‘rganadi.
Filmning markaziy mavzularidan biri xotira shakli sifatida taom hisoblanadi. Suratga olish jarayonida Bayramgul Aliasqarova Orol xotiralari bilan bog‘liq bo‘lgan baliq, xamir va to‘yimli qaynatmadan iborat an’anaviy taom – qarma retseptini taqdim etadi. Shuningdek, filmda Nukus filarmoniyasining ijrosi va qoraqalpoq shoirasi Sohibjamol Sirg‘abayevaning mutolaasi yangraydi, bunda musiqa va she’riyat shohidlik va xotirani saqlash shakllariga aylanadi.
“Suv to‘xtagan joyda” asari nafaqat dengizning g‘oyib bo‘lishi, balki uning ortidan qoluvchi xotiralar bo‘lmish taomnomalar, kuy-qo‘shiq, rivoyat va marosimlar haqida hikoya qiladi, ular orqali esa insonlarning manzil-makoni va ularning o‘tmish bilan rishtasi saqlanib qoladi.