4-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri sahnasida A.Y. Vaganova nomidagi Rus balet akademiyasi yosh yakkaxon xonandalarining chiqishi bo‘lib o‘tdi.
Tomoshani akademiya rektori va jahon baleti afsonasi Nikolay Siskaridze sharhlab bordi.
Konsert “San’at olami” nomli II Rossiya san’at festivalining yakuniy tadbiri bo‘ldi.
Festival O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Kinofestivallar va xalqaro dasturlar markazi, Xakasiya Respublikasi Madaniyat vazirligi, Rossiya Badiiy akademiyasi, A.Y. Vaganova nomidagi Rus balet akademiyasi hamda “Roskonsert” federal muassasasi hamkorligida tashkil etildi.