2024-yilda “Samarkand Marathon” xalqaro xayriya poygalari turkumiga 5 yil to‘ladi. Iyun oyining birinchi dam olish kunlarida bo‘lib o‘tgan mazkur turkumga mansub “ZAAMIN ULTRA 2024”dan keyingi navbatdagi voqea “Sky Camp Bo‘stonliq” bo‘ladi.
“Sky Camp Bo‘stonliq 2024” togʻ sportlari shodiyonasidir. Jamoa tomonidan saralangan mashg‘ulotlar o‘z irodasini sinab ko‘rishni, “Amirsoy”ning jozibador tabiati va manzaralaridan bahra olishni hamda shahar behalovatini unutib, dam olish kunlarini tog‘da faol o‘tkazishni istagan har bir kishi uchun ayni muddao keladi.
Tog‘ sporti festivali ishtirokchilari va mehmonlarini:
·      Sky Camp BIKE – tog‘ yo‘l velopoygasi. Masofasi 13,5 km, balandlikka ko‘tarilish – 691 m;
·      Sky Camp TRAIL – 10 va 20 km.lik, balandlikka ko‘tarilish – 619 m va 1238 m bo‘lgan noravon joylarda yugurish.
·      Sky CAMP PEAK – Amirsoyning pastki bekatidan yuqori bekatiga qadar 4,2 km.lik balandlikka ko‘tarilishi 724 m bo‘lgan tog‘ cho‘qqisiga chiqish poygasi;
·      Sky Camp ZEN – yugurish, yoga va meditatsiyani birlashtiradi;
·      2 kun chiqindilardan tozalab yugurish “plogging” poygasi;
·      “Tesla Boy” guruhining konserti kutmoqda.
“Sky Camp TRAIL” Xalqaro treyl yugurish uyushmasi (ITRA)ning guvohnomasiga ega, bu ishtirokchilar ITRA ballarini qo‘lga kirituvchi O‘zbekistondagi ilk yugurish yo‘lagi hisoblanadi.
 
Bu yil biz “Sky Camp Bo‘stonliq” tog‘ sporti festivalini o‘tkazishni davom ettiramiz. Jamoa festival doirasida turli mashg‘ulorlarni tayyorladi – baland-pastliklarda yugurishdan tortib to yoga va meditatsiyagacha. Biz ko‘plab sportchilar, yuguruvchi jamoalar vakillari hamda yangi imkoniyatlar ufqlarini kashf etishni xohlovchilarning e’tiborini jalb qilishni mo‘ljallayapmiz. O‘zbekistonda ilk bor noravon joylarda yugurish yo‘lagini sertifikatlashtirdik, endilikda chopqirlar ballarni shaxsiy maqomlarini oshirish uchun to‘plashlari mumkin. Shuningdek, biz noyob tog‘ manzaralarini asl ko‘rinishida asrab-avaylashga xizmat qiluvchi ekologik tashabbuslarni amalga oshirishda davom etamiz. — Mirxan Sagitov, “Samarkand Marathon” xayriya musobaqalari turkumi rahbari.
 
“Sky Camp”da “ZAAMIN ULTRA 2024” poygasida joriy qilingan, yugurish asnosida chiqindilardan tozalash “plogging” ekologik tashabbusi davom ettiriladi. Ko‘plab yuguruvchilar chiqindilarni yig‘ishdan iborat yugurishga katta ishtiyoq bilan qo‘shildilar, chunki tabiatni asl qiyofasida saqlash yakdil fikrli jamoa uchun muhimdir. “Sky Camp”da “plogging” tadbiri tog‘ sporti festivalining ikkala kunida o‘tkaziladi.
 
Turkum poygalarni barcha musobaqalarida bo‘lgani kabi ishtirokchilar “Samarkand Marathon” hamkorlari tomonidan tashkil etiladigan musiqa va konsertdan iborat ko‘ngilochar tadbirlardan bahramand bo‘ladilar.  
 
Bu yil 29-iyun oqshomgi konsertning bosh qahramoni “Tesla Boy” guruhi bo‘ladi. Anton Sevidov va uning “Tesla Boy” loyihasi qadim va kelajak bosag‘asida zamonaviy elektro-pop ijro etuvchi qiziqarli “indi” guruhlaridan biridir. Sayqalma ingliz tilida ijro etilib, o‘ziga xos va dolzarb yangraydi, bu esa guruhning Janubiy Amerika, Yevropa va Osiyoda mintaqasida ko‘plab muxlislari borligini tasdiqlaydi.
 
“Sky Camp Bo‘stonliq” uchun ro‘yxatdan o‘tish havola orqali ochiq: https://events.samarkandmarathon.uz
 
 
Tashkilotchi: O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi.
Musobaqaning bosh hamkorlari: Sport vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi.