Jamg‘armaning maqsadi ijodiy madaniyatlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish va O‘zbekiston san’atini jahon san’at olami va madaniy makoniga integratsiya qilishdan iborat.
Jamg‘armaning maqsadi ijodiy madaniyatlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish va O‘zbekiston san’atini jahon san’at olami va madaniy makoniga integratsiya qilishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va O‘zbekiston madaniyatini xalqaro maydonda ommalashtirishga ko‘maklashadi. Jamg‘arma tasviriy san’at va me’morchilik, adabiyot, teatr, musiqa va raqs yo‘nalishlaridagi tashabbuslarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash orqali milliy merosni targ‘ib qiladi. Bizning vazifamiz mamlakatimiz madaniyat muassasalarida inklyuziv va qulay muhit yaratish, muzeylar faoliyatini yangilashga ko‘maklashish, madaniy homiylikni rivojlantirish, san’at va madaniyat sohasida kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirishdan iborat.
Jamg‘arma tasviriy san’at, adabiyot, teatr, musiqa, me’morchilik va xoreografiya yo‘nalishlarida muntazam ravishda tadbirlar tashkil etadi va ularni qo‘llab-quvvatlaydi. Jamg‘arma xalqaro madaniy aloqalarni o‘rnatadi va O‘zbekiston madaniyatini jahon miqyosida targ‘ib qiladi.
Batafsil2019 yilda Jamg‘arma O‘zbekiston tarixida ilk bor Samarkand Half Marathon birinchi Xalqaro hayriya yarimmarafoni musobaqalarini tashkil etdi va o‘tkazdi. Loyihaning asosiy maqsadi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun madaniyat muassasalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish va mavjud inklyuziv muhit muammolariga jamoatchilik e'tiborini jalb qilishdan iboratdir.
Batafsil