2019 yilda Jamg‘arma O‘zbekiston tarixida ilk bor Samarkand Half Marathon birinchi Xalqaro hayriya yarimmarafoni musobaqalarini tashkil etdi va o‘tkazdi. Loyihaning asosiy maqsadi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun madaniyat muassasalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish va mavjud inklyuziv muhit muammolariga jamoatchilik e'tiborini jalb qilishdan iboratdir. Samarkand Half Marathon loyihasi doirasida ko‘rish qobiliyati cheklangan va ko‘zi ojizlar uchun O‘zbekiston tarixida birinchi bor tiflosharhlash texnologiyasi asosida birinchi taktil' ko‘rgazma tashkil etildi.
Jamg‘arma ushbu texnologiyani joriy qilishni davom ettirmoqda. Bundan tashqari, Jamg‘arma "Reakomp" instituti bilan hamkorlikda madaniyat muassasalari uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturini tashkil etmoqda. 2020 yilning fevral' oyida birinchi marta ushbu texnologiyadan foydalangan holda sahnalashtirilgan teatr tomoshalari namoyish etildi. Bu esa mamlakatning madaniyat maussasalarida qulay muhitni yaratish yo‘lidagi birinchi qadamlardir. Jamg‘armaning navbatdagi chora-tadbirlari esa, O‘zbekistondagi teatrlar, muzeylar va boshqa madaniyat muassasalarining ichki va tashqi infratuzulmalarini qayta qurishdan iboratdir.