Qayd etilishicha, “Hermès Heritage: In Motion” ko‘rgazmasiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida Hermès jamoasi Markaziy Osiyoning boy merosidan ilhomlangan. Xalq amaliy va hunarmandchilik san’ati, jumladan, Buxoro uslubida yasalgan egarlar muhim ilhom manbai bo‘lib xizmat qilgan. Hermès sara toʻplamida saqlanayotgan buxorocha egar mana shunday namunalardan hisoblanadi.

Jamg‘arma delegatsiyasi, shuningdek, “Harakat va meros: an’ana, hunarmandlik va dizayn o‘rtasidagi muloqot” shoʻba bahs-munozaralarida ishtirok etdi. Yelena Trkulya moderatorlik qilib, maʼruzachilar sifatida Shayx Mayassa Xonim Oliyalari, Vissam Ol Mana, Menueld de Balzer du Shatel va Jan-Lui Sava qatnashdilar.