Bunyodkorlik ruhida o‘tgan uchrashuvda tomonlar madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar.
Unda Toshkentda Kreativ iqtisodiyot boʻyicha Butunjahon anjumani (WCCE) muvaffaqiyatli o‘tkazilgani san’atshunoslarga ijodiy yo‘nalishda keng imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi. Tadbirda BAA vakillarining ishtiroki yuqori baholanib, hamkorlik ahamiyatga molik ekanligiga urgʻu berildi.
Shuningdek, BAA san’atshunoslari va xattotlarining Buxoro biennalesida ishtirok etishlari mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy hamjihatlik va tajriba almashinuvini chuqurlashtirishga xizmat qilishi haqida so‘z yuritildi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekistonning 2025-yilda Dubayda boʻlib oʻtadigan Al-Burda koʻrgazmasi tanlovida ishtirok etishi oʻzbekistonlik rassom va madaniyat arboblari uchun yangi imkoniyat ufqlarini taqdim etishi xususida fikr almashildi.