Afrosiyobda olib borilgan qazishmalar qudrat sohiblari hamisha shaxmat o‘ynaganidan dalolat beradi. Ko‘rgazmada dunyoga ma’lum bo‘lgan eng qadimgi shatranj donalari turkumi taqdim etilgan. Ehtimol Hindistonda hukmdorlar harbiy taktikani o‘rganuvchi asilzodalar o‘yini sifatida paydo bo‘lgan shaxmat Ipak yo‘li bo‘ylab tarqalib, butun islom olami va Ovro‘pada ommabop ko‘ngilochar mashg‘ulotga aylangan. Fil suyagidan yasalgan ushbu yetti dona hajmiga ko‘ra kichik bo‘lib, askarlari, otliqlari, aravasi va fildan iborat hind qo‘shinini anglatadi. Mazkur namoyish ashyosi islom davrida hashamat mahsulotlari va zodagonlar buyumlarining dunyo bo‘ylab muttasil harakatini ajoyib tarzda aks ettiradi.

“Ipak yoʻllari” (Silk Roads) koʻrgazmasi Britaniya muzeyining Sainsbury koʻrgazmalar galereyasida 2025-yil 23-fevralgacha san’at ixlosmandlari uchun muntazir.