“Samarkand Marathon” xayriya yugurish musobaqalari turkumi doirasida uchunchi marotaba “Bukhara Night Race” poygasi o‘tkaziladi. Tadbir Buxoroda 2024-yil 24-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Tadbir nurafshon yo‘laklar bo‘ylab quyosh botgan shafaq onlarida boshlanuvchi tungi chopqirlar bellashuvidir. Bu noodatiy poygani qo‘llab-quvvatlash uchun yurtimizning barcha hududlari va xorijdan tashrif buyuradigan atlet va havaskorlar qalbidan munosib joy olgan O‘zbekistondagi aynan shu shakldagi ilk musobaqadir.

Musobaqa yo‘nalishi shaharning tarixiy qismi bo‘ylab o‘tib, unda sportchilar masofani tillarda doston bo‘lgan diqqatga sazovor maskanlar, masjid va madrasalar, karvonsaroy va betakror ko‘hna inshootlar qurshovida bosib o‘tishlari lozim bo‘ladi. Joriy yil 5 va 10 km masofadagi poygalar, shimoliy (skandinavcha) yurish hamda 4 yoshdan oshgan bolajonlar poygasi uchun ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatlari mavjud.

Yuqorida zikr etilgan sport turlaridan tashqari roʻyxatni plogging – yugurish asnosida maydonni chiqindilardan tozalash tadbiri ham mazmunan boyitadi. Eko-ploggingda 16 yosh va undan kattalar ishtirok etishlari mumkin, ota-onalar esa farzandlari bilan yelkama-yelka qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Poyga yakunida plogging ishtirokchilari orasida hamkorlar homiylik qiluvchi sovrinli o‘yinlar o‘ynaladi.

O‘tgan yili “Bukhara Night Race” tadbirida dunyoning 20 mamlakatidan 1600 nafardan ortiq sportchi qatnashgan. Bu safar ishtirokchilar soni deyarli ikki karra ortib, 3000 kishini tashkil etishi kutilmoqda. Qo‘shimcha joylar bolalar poygasida ham ochiladi.

Batafsil ma’lumot, dastur va ro‘yxatdan o‘tish havolasi bilan tanishishingiz mumkin.