Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida qo‘shma ko‘rgazmalarni tashkil etish bo‘lib, ularda O‘zbekiston muzeylariga mansub sara to‘plamlar Abu-Dabidagi muzeylarda namoyish etiladi. Mazkur kelishuv doirasida har ikki davlat madaniy merosini yanada chuqurroq o‘rganish va asrab-avaylash maqsadida o‘zaro manfaatli mavzularda qo‘shma tadqiqotlar olib borish ham rejalashtirilgan.
Muzey masalalari, madaniy yodgorlik va ashyolarni restavratsiya qilish va boshqarish sohasida o‘zaro tajriba almashishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, mutaxassislarning malakasini oshirish va madaniy boyliklarni asrab-avaylash sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv dasturlari, amaliy mashg‘ulot va konferensiyalar tashkil etilishi kutilmoqda.