O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida mamlakatimizda ilk bor “Tashkent Design Week” tadbiri o‘tkazilmoqda.

8–14-dekabr kunlari Toshkent me’morlar, dizaynerlar, loyihachilar hamda shahar va interyer muhitiga daxldor barcha mutaxassislar uchun muloqot maydoniga aylanadi. Ishtirokchilarni qiziqarli muhokamalar, taqdimotlar va shahar bo‘ylab turli ijodiy tadbirlar kutmoqda.

Tashkilotchilar ushbu birinchi dizayn haftaligiga qiziqishi bor barcha hamyurtlarimizni taklif etadi. To‘liq dastur va yangiliklar loyiha sahifasi @designweekuz'da.