AQSHning Minnesota shtatidagi “EXPO 2031” ko‘rgazmasi bosh direktori Vendi Midley boshchiligidagi AQSH delegatsiyasi “EXPO 2025” ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilioniga tashrif buyurdi.
Mehmonlar O‘zbekistonni nufuzli “German Design Award” va “Red Dot” mukofotlaridagi g‘alabalari bilan tabriklab, mamlakatimiz an’analari va madaniyati uyg‘un tarzda ochib berilgan pavilionimiz konsepsiyasi va me’morchiligini, shuningdek, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda “yashil” energetika bo‘yicha zamonaviy loyihalarni yuqori baholadilar.
🌍 Eslatib o‘tamiz, “EXPO 2031” Butunjahon bog‘dorchilik ko‘rgazmasi 2031-yil 1-maydan 15-oktabrgacha qadar AQSHning Minnesota shtatida “Inson/tabiat” mavzusida bo‘lib o‘tadi. U barqaror rivojlanish, innovatsiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi va global iqtisodiyotga bag‘ishlanadi.
Delegatsiya pavilionimizning noyob yechimlari bo‘lmish harakatlanuvchi platforma, yaqin masofa aloqasi (NFC) uskunasidan foydalanish imkoniyati hamda ko‘rgazma tugagach Nukus shahridagi ekspozitsiyani qayta yaratish rejalariga urg‘u berdi.