O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Rossiyadagi "Qozon Kremli" muzey-qo‘riqxonasida "Olamlar orasidagi nur" ko‘rgazmasi ochilganini ma’lum qiladi. Ekspozitsiyada "Yangi Quddus" muzeyi va I. Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi to‘plamlari bir sahnada jamlandi.
Ushbu ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston rus avangardi ustalari — Solomon Nikritin, Aleksandr Shevchenko, Vasiliy Chekrigin, Sergey Romanovich, Mixail Sokolov, Robert Falk va boshqalarning 139 asaridan 70 tasini taqdim etdi. Ekspozitsiya 1920–1930-yillarga xos yetakchi badiiy yo‘nalishlarni yoritadi va o‘sha davr san’ati rivoji haqida keng tasavvur beradi.
