Mamlakatimizning mazkur nufuzli anjumandagi beshinchi ishtirokiga aylangan XIX Venetsiya me’morchilik biyennalesidagi O‘zbekiston milliy pavilioni faoliyati o‘z nihoyasiga yetmoqda.
23-noyabrda xalqaro jamoatchilik e’tiboriga o‘zbek modernizmi merosi, “Quyosh” sandoni majmuasi tadqiqotlari hamda akademik Sodiq Azimovning quyosh energetikasi sohasidagi ilmiy merosi havola etilgan “Ko‘zlarni qamashtiruvchi yog‘du” loyihasi yakunlanadi.
O‘z ishi faoliyati davomida pavilion inson va tabiiy energiyaning o‘zaro ta’siriga yangicha ko‘zqarashni taklif etib, me’morchilik, ilm-fan va zamonaviy san’atga ixtisoslashgan o‘z kasbining ustalaridan iborat hamjamiyat a’zolari uchun muloqot maydoniga aylandi.
Ko‘rgazmaning so‘nggi kunida hammuhofiz Yekaterina Golovatyuk ishtirokida professor Stiv Vulgarning ma’ruzasi bo‘lib o‘tib, bu O‘zbekistonning biyennaledagi ishtirokini sarhisob qiladigan va “Ko‘zlarni qamashtiruvchi yog‘du” loyihasini yangitdan anglash imkonini beradigan yakunlovchi tadbir bo‘ladi.
