YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohiga tashrif doirasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova va O‘zbekistonning YUNESKO huzuridagi Doimiy vakili Kamol Muxtorovning YUNESKO Ijroiya kengashi raisi Vera Lakey bilan uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi.
YUNESKO maqsadlariga sodiqligi va uning faoliyatiga hissa qo‘shishga tayyor ekanligini tasdiqlagan holda O‘zbekiston Respublikasi o‘z nomzodini ushbu tashkilotning Ijroiya kengashi (2027-2030)ga taqdim etgan. O‘zbekiston YUNESKOning madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish borasidagi maqsadlariga sodiq ekani va uning faoliyatiga bundan buyon ham hissa qo‘shish niyatida ekani ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida yurtimiz nomzodini ilgari surish bo‘yicha tavsiyalar, 2025-yil noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi arafasida Ijroiya kengash ko‘rib chiqishi uchun yangi tashabbuslarni kiritish masalalari muhokama qilindi.