Sankt-Peterburg shahridagi Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida “YUNESKOning kreativ shaharlari. Shaharning yangi iqtisodiyoti” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisining o‘rinbosari Azizbek Mannopov ishtirok etdi.
Muhokama davomida ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otgan Buxoro biyennalesiga mansub turkum anjumanlar taqdimoti o‘tkazildi. Unda loyihaning amalga oshirilishi sayyohlar oqimining oshishiga va mahalliy aholi vakillarini shaharning madaniy hayotiga faol jalb etishga xizmat qilayotgani qayd etildi. Biyennale madaniy tashabbuslar yangi iqtisodiyotni shakllantira olishi va shaharlarning xalqaro ijobiy siymosini mustahkamlashi mumkinligiga namuna bo‘ldi.
