Doha shahridagi Islom san’ati muzeyi bog‘ida Rirkrit Tiravanija muallifligidagi “NOMSIZ 2025 (Na non, na kul bor)” mavzusidagi badiiy qurilmaning bir qismi hisoblangan jonli mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. 21-noyabrda o‘zbekistonlik oshpazlar jamoasi nonlarning 200 dan ortiq xilini yopib ko‘rsatdilar, mehmonlar esa jarayonni kuzatib, tandirdan endi uzilgan kulcha nonlarni tatib ko‘rdilar. Sakkiz burchakli pavilion ochiq madaniy muloqot g‘oyasiga o‘zgacha shukuh baxsh etdi.
Jonli mahorat darsi madaniyatlar chorrahasiga aylanib, 2026-yilda “Rubaiya Qatar” anjumaniga yetaklovchi dasturning mantiqiy davomi sifatida pazandachilik va san’at odamlarni naqadar birlashtira olishini namoyish etdi.
