Buxoro biyennalesi dasturi doirasida mintaqaning zamonaviy sanʼatida ayollarning hissasiga bagʻishlangan «Markaziy Osiyo ayollari» nomli sessiya boʻlib oʻtdi.
Muhokamada Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Qozogʻistondan ijodkor va tadqiqotchilar ishtirok etib, oʻz tajribasi hamda ijodiy yondashuvlarini taqdim etdilar.
Ishtirokchilar madaniy merosni asrash, ayollar uchun ijodiy sohada imkoniyatlarni kengaytirish va yangi badiiy amaliyotlarni shakllantirish masalalarini muhokama qildilar.