2-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida Yaponiya va O‘zbekiston madaniy hamkorligiga bag‘ishlangan konsert bo‘lib o‘tdi.
Dasturda yaponiyalik musiqachilar — Kazuhiro Miyamura (goboy), Mayuko Katsumura (skripka), Mitsutsune Tsujimoto (truba) va Tasaichiro Mochizuki Tasaichiro (sudzumi) hamda Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri ishtirok etdi.
Sahnada Sharq va G‘arb an’analari chatishgan mumtoz va zamonaviy musiqa asarlari yangrab, o‘zaro uyg‘unlik va ilhom muhitini yaratdi. Konsert Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlagan holda san’at xalqlarni naqadar birlashtira olishining yorqin namunasi bo‘ldi.
