O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova boshchiligidagi delegatsiya Abu-Dabidagi “Al Burda Award 2024” taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Birlashgan Arab Amirliklari Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. Bitimda madaniy muloqotni mustahkamlash, anʼanaviy hunarmandchilikni qoʻllab-quvvatlash hamda malaka oshirishlar, badiiy qarorgoh va taʼlim dasturlarini amalga oshirish nazarda tutilgan. 

Alohida e’tibor islom merosini asrab-avaylash va hunarmandchilikni rivojlantirishga qaratilgan “Al-Burda” grant dasturiga qaratilgan. Hamkorlik doirasida ijodiy almashinuvni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qoʻshma koʻrgazmalarni oʻtkazish, xalqaro madaniy tashabbuslar, jumladan, Buxoro biennalesida ishtirok etish