13-aprel kuni Osaka shahridagi Expo-2025 ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy pavilionining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi. Marosim tantanali ravishda tasmani kesish bilan boshlandi. Unda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova, Osaka shahri meri Yokoyama Hideyuki, O‘zbekistonning Yaponiyadagi Elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov, loyiha me’mori Shirin Bryukner ishtirok etdilar.

Marosimdan so‘ng faxriy mehmonlar – Osaka va Nara shaharlari merlari Yokoyama Hideyuki va Nakagava Genlar uchun pavilion bo‘ylab sayr uyushtirildi. Mehmonlarga Shirin Bryukner va livanlik dizayner Nada Debs hamrohlik qildilar. Tashrif ishtirokchilari O‘zbekistonning madaniy merosi, barqaror rivojlanishi va innovatsion kelajagini aks ettiruvchi me’moriy gʻoya va ekspozitsiya bilan tanishdilar.