2025-yilning 17-avgust kuni O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi “Expo 2025 Kansai, Osaka” butunjahon ko‘rgazmasidagi Yaponiya pavilioniga tashrif buyurdi.
Tadbirda Yaponiya tashqi ishlar davlat vaziri Hisayuki Fujii ham ishtirok etdi. “Odam jonli laboratoriyasi” nomi ostida taqdim etilgan Yaponiya pavilioni Yaponiya innovatsiyalari, madaniyati va anʼanalari barqaror va uygʻun jamiyatni shakllantirishga qanday qo‘shishi mumkinligini aks ettiruvchi makon sifatida yaratilga.
Tashrif davomida madaniy, akademik va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish istiqbollari, xalqaro loyihalarni birgalikda amalga oshirish imkoniyatlari ham muhokama etildi.