Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga a’zo davlatlar O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi raisi Gayane Umerovani YUNESKO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi raisi etib sayladi.
Gayane Umerova madaniy meros va zamonaviy san’atni targ‘ib etishga qo‘shgan hissasi hamda mamlakatning xalqaro madaniy ishtirokini mustahkamlash, madaniy diplomatiyani rivojlantirish hamda O‘zbekiston merosini asrab-avaylash va ommalashtirishga qaratilgan tashabbuslari uchun alohida e’tirof etildi.
Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi O‘zbekistonning xalqaro madaniy hamkorlikni rivojlantirishdagi xizmatlarini e’tirof etish ramzi bo‘ldi.
