Oʻzbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaning Fan muzeyi direktori ser Ian Bletchford bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar fan va madaniyat sohalarida ikki tomonlama hamkorlik va tajriba almashish istiqbollarini muhokama qildilar. Alohida eʼtibor O‘zbekiston ilmiy merosiga bag‘ishlangan keng ko‘lamli ko‘rgazmani tashkil etish imkoniyatlariga qaratildi. O‘zbek ilm-fanining boy tarixi muzeyga tashrif buyuruvchilar va keng xalqaro jamoatchilik uchun ilhomlantiruvchi namuna bo‘la olishi qayd etildi.
Bundan tashqari, ilmiy sohadagi sheriklikni kengaytirish, jumladan, o‘zbekistonlik olimlarni qo‘shma loyiha va tadqiqotlarga jalb etish yo‘llari muhokama qilindi.
