YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi raisi Gayane Umerovaning YUNESKO Ijroiya kengashining yangi saylangan raisi, Qatar Davlatining Doimiy vakili Nosir bin Hamad Ol-Xinzab bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida Qatar tomoni O‘zbekistonni Butunjahon merosi to‘g‘risidagi konvensiyaga a’zo davlatlar Bosh Assambleyasining 25-sessiyasidagi muvaffaqiyatli raisligi bilan qutladi va YUNESKO Bosh konferensiyasining Samarqandda bo‘lib o‘tgan 43-sessiyasi tashkilot faoliyatida yangi dovonning boshlanishi sifatidagi ahamiyatini ta’kidladi.
