O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaning Viktoriya va Albert muzeyi direktori Tristram Hant bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlik yo‘nalishlari va muassasalar o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar. Viktoriya va Albert muzeyi bilan hamkorlik tarixiy ko‘rgazmalarni tashkil etish, mutaxassislarning kasbiy mahoratini yanada oshirish hamda muzey kolleksiyalari bo‘yicha mushtarak izlanishlarni qamrab oladi.
Yaqin kunlarda madaniy aloqalarni mustahkamlash va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan yangi tashabbuslar e’lon qilinadi.
