O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova AQSH Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha byurosi Madaniy meros dasturi rahbari Laura Tedesko bilan uchrashdi.
Tomonlar madaniy merosni asrab-avaylash sohasidagi hamkorlik istiqbollari, tarixiy obyektlarni restavratsiya qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalar hamda madaniy almashinuvni rivojlantirishga qaratilgan besh yillik harakatlar rejasini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Amerikalik musavvir Suchi Reddi xonimning Buxoro biyennalesidagi ishtiroki va ta’lim dasturlarini qo‘llab-quvvatlovchi tashabbuslarga alohida e’tibor qaratildi.
AQSH Elchixonasi bilan hamkorlik doirasida Buxoro shahridagi Bolalar kutubxonasida “English Club” to‘garaklarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Amerikalik o‘qituvchilar ishtirokida amalga oshiriladigan dasturlar ingliz tilini o‘rganish va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
