Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif doirasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova Shayx Zoyid nomidagi Insoniy qardoshlik mukofoti bosh kotibi Muhammad Abdelsalom Janobi Oliylari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar madaniyat, ilm-fan va ta’lim sohalarida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, ta’lim dasturlari sohasida sheriklikni rivojlantirish va zamonaviy ta’lim modellarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashishga alohida e’tibor qaratdilar.
Madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash, o‘zaro anglashuv va insonparvarlik qadriyatlarini ilgari surishga qaratilgan istiqboldagi qo‘shma loyihalarni rejalashtirish muhokamalarning alohida yo‘nalishi bo‘ldi.
