Sankt-Peterburgda ijodiy iqtisodiyot bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida “G‘oyadan brendgacha” mavzusida kreativ sanoat tarmoqlarini rivojlantirish va milliy madaniy tashabbuslarni xalqaro maydonda ilgari surishda brending va marketing kommunikatsiyalarining roliga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Muhokamada O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining kreativ sanoatni rivojlantirish bo‘yicha vakili Hasan Solihov ishtirok etib, u O‘zbekistonda kreativ sanoat ekotizimini shakllantirish strategiyasi, Jamg‘armaning yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda madaniy iqtisodiyotning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalari haqida so‘zlab berdi.
