Livanlik dizayner Nada Debs va o‘zbekistonlik mohir usta Sirojiddin Rahmatillayevning hamkorlikdagi qo‘l mehnati namunalari “Dezeen Awards 2025” mukofoti uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritilganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.
Ularning an’anaviy o‘zbek supasining qayta talqini madaniy meros hunarmandchiligini zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashtirib, O‘zbekiston badiiy amaliyotining tadrijiy rivojlanishini o‘zida aks ettiradi. Ushbu loyiha 89 mamlakatdan qariyb 4300 dan ortiq asarlar orasidan tanlab olingan bo‘lib, hozirda e’tirof etilish uchun da’vogar 192 ta ishlar orasidan o‘rin olgan. Yanada saralanganlar ro‘yxati oktabr oyida, g‘oliblar nomlari esa 2025-yil noyabr oyida e’lon qilinishi kutilmoqda.
“Dezeen Awards” – me’morchilik va dizayn sohasidagi eng nufuzli xalqaro mukofotlardan biri hisoblanib, ijod ufqlarini kengaytiruvchi va yangi sifat standartlarini tatbiq etuvchi loyihalarni e’tirof etadi. Dunyoning yetakchi dizayn minbarlaridan biri bo‘lgan “Dezeen” tomonidan ta’sis etilgan mukofot butun dunyo bo‘ylab eng a’lo va eng ilg‘or ishlarni tarannum etadi.
Batafsil ma’lumotni loyihaning “Dezeen Awards” veb-saytidagi maxsus sahifasiga tashrif buyuring.