Buxoroda Silvia Burini va Juzeppe Barbieri rahbarligida ishlab chiqilgan Tasviriy san’at muzeyi ashyo va buyumlarini qayta ko‘rgazmalashtirish bosh loyihasi taqdim etildi. Ekspozitsiya uchta galereyaga joylashtirilgan bo‘lib, ularning har biri turli badiiy mavzularni ochib beradi.

Birinchi galereya 2025-yilgi Buxoro biennalesining “Qalblar dardiga darmon” mavzusiga hamohang “Ta’m manzaralari. Iforli xaritalar, qalb aks-sadosi” nomli muvaqqat ko‘rgazmasidir. To‘qimachilik va kulolchilik namunalari bilan boyitilgan rangtasvir asarlarida taom meva va idish-tovoqlar tasvirlangan natyurmortlardan tortib to uydagi iftorlik va marosimlar sahnalarigacha bo‘lgan madaniy o‘zlikning bir qismi sifatida gavdalantirilgan.

Yana ikkita: “Manzaralar” va “Suv manzaralari” nomli galereyalarda qadimiy va zamonaviy shahar, shuningdek, O‘zbekiston manzarasi talqinlari taqdim etilgan bo‘lib, ularda suv o‘zgarishlar ramzi va rassomlar uchun ilhom manbai sifatida alohida o‘rin tutadi.