Buxoro biyennalesi doirasida “Govkushon” madrasasida vujudga keltirilgan “Sakinat Uyi” maydonida “Parchalangan qalblararo yaratuvchanlik” mavzusi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Unda san’at vakillari: qozog‘istonlik Aysultan Seit, o‘zbekistonlik Gulnoza Irgasheva, Belgiya va xorvatiyalik Hana Miletich, Hindiston va britaniyalik Himali Singh Soin va Devid Tappezer dueti hamda xitoylik Syuy Chan ishtirok etdilar.
Bahs-munozara shaxsiy yo‘qotishlar va mo‘rtlik kechinmalari qanday qilib san’at va bunyodkorlik manbasiga aylanishi mumkinligi masalalariga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar og‘riqli vaziyatlarning ijodkorlik shijoatiga aylanishi, noziklik va zaiflik badiiy ifoda etishning yangi shakllarini yarata olishi hamda muloqot imkoniyatlarini kashf ettirishi xususida fikr-mulohaza yuritdilar.