2024-yil 29-noyabr kuni O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, IT Park Uzbekistan va Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu qadam O‘zbekistonning yosh iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash, startap-ekotizimi va kreativ iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan “Creative Incubator” loyihasi ishga tushirilayotganini tantanali ravishda qayd etdi. Mazkur tashabbus ijodkor sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha butunjahon anjumani doirasida yangragan loyiha va g‘oyalarning mantiqiy davomi hisoblanadi.  

“Creative Incubator” kreativ industriyalarning yuksalishi uchun shart-sharoitlarni yaratgan holda ta’lim, madaniyat va texnologiya sohalarini birlashtiradi.