Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magi va Milliy simfonik orkestr jo‘rligida sahnalashtirilayotgan xoreograf Maksim Petrovning zamonaviy talqinidagi P.I. Chaykovskiyning “Qarsildoq” baleti namoyishlari turkumi davom etmoqda.

Ushbu dastur doirasida namoyishlardan biri xayriya tashabbusiga bag‘ishlandi. Spektakl nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va bolalar bog‘chalari, “IMKON” reabilitatsiya markazi, Mehribonlik uylari va oilaviy bolalar uylari, shuningdek, inklyuziv ta’lim reyestriga kiritilgan oilalar tarbiyalanuvchilari uchun maxsus o‘tkazildi.