“Tamerlano” operasi ilk bor xorijiy tomoshabinlarga 2026-yilning 10-11-yanvar kunlari “Dubai Opera” sahnasida taqdim etiladi. Rejissyor Stefano Poda tomonidan sahnalashtirilgan asar musiqa, drama va tasviriy san’atni birlashtirib, muhabbat, hokimiyat va taqdir kabi abadiy mavzularini ochib beradi.
Gendel bastalagan musiqasini Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy simfonik orkestri, Xalq cholg‘ulari orkestri va O‘zbekiston davlat xor jamoasi ijro etadi. Ushbu tomoshada mumtoz partitura sharqona ohanglar va yangicha jarang kasb etadi.
Chiptalar “Dubai Opera” veb-saytida mavjud.
