Jidda shahrida “Va sarhadlar osha barcha jihatlar” nomli II islom san’ati biennalesi o‘z ishini davom ettirmoqda. Uning doirasida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekistonning islom madaniyati, ilm-fani va san’ati shakllanishida egallagan zalvarli o‘rniga urg‘u beruvchi nodir qo‘lyozma va osori atiqalarning maxsus saralangan to‘plamini taqdim etmoqda.
Ko‘rgazmada O‘rta asrlarning mashhur allomasi Abu Rayhon Beruniy tomonidan 1029-yilda yozilgan astrologiya va samoviy hisob-kitoblar bo‘yicha fundamental “At-Tafhim li Ava’il Sino‘at at-Tanjim” (“Munajjimlik sanʼatidan boshlangʻich tushunchalar”) asari namoyish etilmoqda. Matnda natal, xorar, mundan va boshqa jadvallarni talqin etishning qadimiy usullari mohiyati ochib berilgan. Arab va hind munajjimligining keng miqyosda taqqoslanishi, zamonaviy astrologiya tomonidan unuta yozilgan O‘rta asr ustalari uslublaridan iborat to‘liq vositalar xazinasining bayoni – bularning barchasi mazkur risolani betakror asarga aylantiradi.
Ikkinchi islom sanʼati biennalesi Jidda shahridagi Podshoh Abdulaziz xalqaro aeroportining Haj terminalida 2025-yilning 25-mayiga qadar muxlislar uchun muntazir.