60-Venetsiya zamonaviy sanʼat biennalesidagi Oʻzbekiston milliy pavilioni yakshanba 24-noyabrgacha san’at shaydolariga muntazir, bu “Imkoniyatingni qo‘ldan boy berma” koʻrgazmasi bilan tanishishning soʻnggi imkoniyatidir.
Bu Aziza Qodiriy va “Qizlar” jamoasi loyihasi asosida yaratilgan, hodisalar rivojiga beixtiyor cho‘mdiruvchi qurilma hisoblanib, uning ishga tushirilishiga Toshkentdagi Zamonaviy sanʼat markazi yetakchilik qilib, tashkil etilishiga esa Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tashabbus koʻrsatgan.
Biennalening “Chet elliklar har yerda” mavzusiga mutanosib mazkur ijod mahsulidan bahra olish imkonini o‘tkazib yubormang. Loyiha migratsiya manzarasida oʻzbekistonlik xotin-qizlar duch kelayotgan kechinmalarni tadqiq etib, diqqat-e’tiborni daxldorlik va oʻzlikni anglash masalalariga qaratadi.
Sizlarni pavilion makonida ko‘rgazma faoliyatining butun so‘nggi haftasi davomida 24-noyabrga qadar kutib qolamiz.