Zamonaviy san’at markazi turg‘unlari – Baharak Omidfard, Jek Faber, Saidbek Sobirboyev, Marina Shastene O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga chiqib, uning hunarmandchilik an’analari va madaniy merosi bilan tanishdilar. Ularning yo‘nalishidagi ilk shahar hunarmandchilik avlodlardan-avlodlarga o‘tib kelayotgan Buxoro bo‘ldi.


Buxoroga tashrif davomida ular o‘zbekistonlik zardo‘z ustalar, kulol Abdullo Nurzullayev, miniatyurachi Davlat Toshev, somon san’ati ustasi Akmal Muhiddinov va gilamdo‘z Sabina Burxonovalar bilan uchrashib, hunarmandchilik va an’analarning zamonaviy madaniyatdagi o‘rni haqida o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar.