Qashqadaryo viloyatida tog‘li “Langar” qishlog‘ida joylashgan, XV-XVI asrlarga oid noyob yodgorliklardan biri bo‘lgan “Langar ota” tarixiy masjidining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bezakli naqshlar, ko‘rkam ustunlar, qadama koshinlar va qadimiy xattotlik bitiklarini o‘z ichiga olgan restavratsiya ishlari xalqaro mutaxassislar ishtirokida amalga oshirildi.

Ochilish marosimida Madaniy meros agentligi direktori Bahodir Abdikarimov, AQShning O‘zbekistondagi Elchisi Jonatan Henik, Muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i Bobirmirzo Sayomov hamda mahalliy jamoatchilik vakillari va xalqaro hamkorlar ishtirok etdilar.