🇫🇷🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parijga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va Fransiya Madaniyat vazirligi o‘rtasida madaniyat sohasida hamkorlik bo‘yicha qator bitimlar imzolandi. Hujjatlarga Jamgʻarma raisi Gayane Umerova va Fransiya madaniyat vaziri Rashida Dati imzo chekdilar.


Bitimlardan biri ikki mamlakat madaniyat muassasalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiya bo‘ldi. Unda Alfred Korto nomidagi Parij musiqa maktabi va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘rtasida akademik almashinuvlarni rivojlantirish va qo‘shma kinoloyihalarni qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan.


Shuningdek, Fransiyada “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasini hamda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Samarqandda muzeylar va sun’iy idrok bo‘yicha xalqaro anjumanni o‘tkazish to‘g‘risida bitim ham imzolandi.