O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mualliflik huquqi masalalari bo‘yicha “DOM Publishers” bilan muloqot o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi yaqinda “DOM Publishers” tomonidan chop etilgan “Architekturführer. Taschkent” (ISBN 978-3-86922-550-0) sayyohlik qaydnomasi nashriga nisbatan xavotirini bildirdi.
Jamg‘arma tomonidan 2023-yil oktabr oyida “Tashkent. Modernism XX/XXI” loyihasi doirasida tashkil etilgan “TOSHKENT DUNYONING QAYERIDA JOYLASHGAN?” konferensiyasi yakunlari bo‘yicha chiqarilgan qo‘llanmada huquqiy maqomiga aniqlik kiritishni taqozo etuvchi materiallar mavjud.
Jamg‘armaning asosiy mulohazalari quyidagilardan iborat:
• loyiha ishtirokchilari mualliflik qilgan matnlardan ularning roziligisiz va/yoki iqtibos qilinishda xatolar bilan foydalanilganlik;
• muzeylar sara to‘plamlariga mansub asarlarning zarur ruxsatnomalarsiz reproduksiya qilinishi;
• arxiv hujjatlaridan vakolatli davlat idoralari bilan kelishmasdan foydalanilganlik;
• “Tashkent. Modernism XX/XXI” loyihasi doirasida yaratilgan fotosuratlarning mualliflar yoki Jamg‘arma roziligisiz chop etilishi.
Jamg‘arma nashrga moʻljallangan materiallardan foydalanishda mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunlar va axloqiy me’yorlarga rioya etish muhimligini ta’kidlaydi. Mazkur masalalarni hal etish uchun “DOM Publishers” nashriyotiga rasmiy so‘rov yuborildi.
Qat’iy ishonchimiz komilki, mualliflik huquqi sohasidagi shaffoflik tamoyillariga sodiqlik va xalqaro standartlarga rioya etish o‘zaro maqbul yechim topish hamda kelajakda shu kabi tushunmovchiliklarni bartaraf qilishga yordam beradi.
Jamg‘arma O‘zbekiston madaniy merosini xalqaro maydonda targ‘ib va himoya qilishga qaratilgan bunyodkorlik ruhidagi hamkorlik uchun ochiq boʻlishda davom etadi.