Nukus shahridagi I.V. Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyida “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazma loyihasi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Namoyishga qo‘yilgan mato suratlar orasida Nikolay Grigoryev mo‘yqalamiga mansub hozirgacha saqlanib qolgan kam sonli asarlari taqdim etilgan. Musavvir o‘z vaqtida Pavel Benkov va Konstantin Korovin ustozligida tahsil olib, keyinchalik esa Moskvadagi Davlat erkin ijod badiiy ustaxonalarida o‘zi muallimlik qiladi. Grigoryevning ijodiy hayotini uning 1914–1915-yillardagi Samarqand safarlari butkul o‘zgartirib yuboradi, bu uning ijodiga yorqin ranglar va yangi mavzular rivojini olib kiradi. 1919-yilda yaratilgan “Shahar” asarida avangard uslubiga, xususan, kubizmning to‘g‘ri chiziqlariga moyillik namoyon.

Ko‘rgazma 2025-yilning dekabriga qadar davom etadi.