2025-yil 17-avgust kuni O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Nara shahri va Nara milliy muzeyi o‘rtasida uch tomonlama O‘zaro anglashuv memorandumi imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kelishuvga ko‘ra, 2027-yilda Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab madaniy aloqalarga bag‘ishlangan yirik ko‘rgazma tashkil etilishi, shuningdek, madaniy meros sohasida akademik, muzey va mutaxassislararo hamkorlikni kengaytirish nazarda tutilgan.

Ushbu hujjatning imzolanishi O‘zbekiston madaniy diplomatiyasini yuksaltirish yo‘lidagi yangi qadam hisoblanib, u Yaponiya bilan akademik va muzeylar sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda yurtimiz madaniy merosining xalqaro miqyosda keng tamsil etilishi istiqbollarini ochadi.