8-9-oktabr kunlari Sankt-Peterburgda BRIKS, MDH, SHHT hamda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasidagi 30 dan ortiq mamlakatdan 1500 dan ortiq ishtirokchilarni birlashtirgan Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Dastur kreativ sanoat tarmoqlarining jahon iqtisodiyoti va xalqaro hamkorlikdagi o‘rniga bag‘ishlangan 50 dan ortiq tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining o‘rinbosari Aleksandr Novak, Strategik tashabbuslar agentligi bosh direktori Svetlana Chupsheva hamda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm departamenti rahbari Gayane Umerova so‘zga chiqqan “Rossiyaning kreativ iqtisodiyoti” mavzusidagi yalpi majlisi asosiy voqea bo‘ldi. O‘z murojaatida Gayane Umerova kreativ iqtisodiyotning mamlakat uchun strategik ahamiyati, uning iqtisodiyotning o‘sishiga, keng ko‘lamli madaniy tashabbuslarni amalga oshirishga va xalqaro hamkorlikni yuksaltirishga qo‘shayotgan hissasiga alohida e’tibor qaratdi.

O‘zbekistonning konferensiyadagi ishtiroki uning jahon kun tartibini shakllantirishdagi faol roli hamda ijodkorlik sohasining barqaror rivojlanish va madaniy muloqot manbai sifatidagi ahamiyatini tasdiqlaydi.